
Eldor Şomurodovning «Istanbul Başakşehir» safida «Çorum» darvozasiga kiritgan goli Turkiya Superligasi 12-turining eng çiroyli goli sifatida e’tirof etildi. Muxlislar örtasida ötkazilgan sörovnomada özbekistonlik hujumçi eng köp ovoz töpladi.
Şomurodov mazkur golni 23-noyabr kuni «Başakşehir»ning «Çorum»ga qarşi öyinida urgan edi. Uçraşuv mezbonlarning 4:2 hisobidagi kambek ğalabasi bilan yakunlandi.
Şomurodov kambekni boşlab berdi
«Başakşehir» 68-daqiqaga kelib 0:2 hisobida ortda borayotgan edi. Mehmonlar safida Jesus Ramirez 29-daqiqada hisobni oçdi, Ermin Mahmiç esa 68-daqiqada ikkinçi golni urdi.
Şomurodov 78-daqiqada uzoq masofadan kuçli zarba berib, töpni raqib darvozasining yuqori burçagiga joyladi va hisobni 1:2 körinişiga keltirdi.
Aynan şu goldan söng «Başakşehir» öyinni töliq özgartirib yubordi. Bertuğ Yıldırım 82, 86 va 90+1-daqiqalarda uçta gol urib, xet-trik qayd etdi.
Şu tariqa Istanbul klubi ikki töp farqi bilan yutqazib turgan öyinni sönggi 13 daqiqa içida 4:2 hisobidagi ğalabaga aylantirdi.
Eldorning Superligadagi 9-goli
«Çorum» darvozasiga urilgan gol Şomurodovning joriy mavsumdagi Turkiya Superligasidagi 9-goli böldi.
Opta ma’lumotiga köra, özbekistonlik hujumçi 2026/27-yilgi mavsumda «Başakşehir»ning barça 12 liga öyinida maydonga tuşgan va ularning barçasini asosiy tarkibda boşlagan. Uning hisobida 9 ta gol va bitta golli uzatma bor.
Şomurodov «Başakşehir»ning Superligadagi eng sermahsul futbolçisi bölib turibdi.
U mavsumdagi ilk golini 16-avgust kuni «Kocaelispor»ga qarşi urgan. Keyin «Trabzonspor», «Kasimpaşa», «Galatasaroy», «Gençlerbirligi», «Gaziantep», «Samsunspor» va endi «Çorum» darvozalarini işğol qildi. «Gençlerbirligi»ga qarşi öyinda u dubl qayd etgan.
Töpurarlar poygasida yuqori örinlarda
12-tur yakunlariga köra, Şomurodov 9 ta gol bilan Turkiya Superligasi töpurarlar poygasining yuqori qismida bormoqda.
U Muhammad Salah, Viktor Osimhen va Adrian Benedyczak bilan bir xil – 9 tadan gol urgan. Duşan Vlahoviç 11 gol bilan yetakçilik qilmoqda, Gift Orban esa 10 gol bilan undan keyingi örinda.
«Çorum»ga qarşi ğalabadan söng «Başakşehir» 20 oçkoga yetdi va turnir jadvalida yettinçi öringa kötarildi.
Avvalroq «Kursiv» Husanov, Şomurodov va Fayzullayev Osiyoning eng yaxşi futbolçisi sovriniga nomzod bölgani haqida yozgan edi.