«U umuman qiynalmadi» — Fabiano Karuana Sindarov haqida

26-noyabr 2026 16:12 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«U umuman qiynalmadi» — Fabiano Karuana Sindarov haqida
Foto: Getty Images

Amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana Javohir Sindarov va Gukeş örtasidagi jahon çempionligi bahsining ikkinçi partiyasini tahlil qildi. Uning fikriça, Sindarov qora donalarda öynaganiga qaramay, debyutda heç qanday jiddiy qiyinçilikka duç kelmagan.

Ikkinçi partiyada Gukeş bahsda ilk bor oq donalarda öynadi va London tizimini tanladi. Sindarov esa debyutdayoq teng vaziyatga erişdi. Partiya 20-yurişda durang bilan yakunlandi.

Gukeş nega London tizimini tanladi

Karuana Gukeşning bu tanlovini Sindarovni oldindan tayyorlangan variantlardan çetga çiqarişga uriniş sifatida baholadi.

Uning tuşuntirişiça, asosiy debyut variantlari hozir juda çuqur örganilgan. Şu sababli oq donalarda sezilarli ustunlikka erişiş qiyin. Gukeş London tizimi kabi yon variantlarni tanlab, Sindarov özini kamroq erkin his qiladigan vaziyatni yuzaga keltirişga harakat qilgan bölişi mumkin.

Karuana Ding Liren misolini keltirdi

Grossmeyster 2023-yilgi jahon çempionligi bahsini ham esladi. Öşanda Ding Liren Yan Nepomnyaşçiyga qarşi oq donalarda turli debyutlardan foydalangan va London tizimida ötkazilgan partiyalardan birida ğalaba qozongan.

Karuana fikriça, Gukeş ham keyingi partiyalarda Sindarovni tayyorgarlikdan çiqariş uçun debyutlarni tez-tez almaştirib turişi mumkin.

Sindarov debyutdayoq tenglikka erişdi

Karuana London tizimiga qarşi qora donalar uçun bir neçta yaxşi örganilgan rejalar mavjudligini ta’kidladi. Sindarov esa nisbatan kamroq qöllanadigan, ammo işonçli variantni tanladi.

Uning baholaşiça, Gukeş debyutdan ustunlik ola olmadi, Sindarov esa qora donalarda jiddiy qiyinçilikka uçramadi.

Gukeş partiyadan keyingi matbuot anjumanida London tizimini tanlab, raqibini hayron qoldirmoqçi bölganini aytdi. Sindarov esa aynan şu debyutni kutmaganini, biroq partiyada yuzaga kelgan variantni avval köp marta tahlil etganini ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq niderlandiyalik grossmeyster Aniş Giri ham Javohir Sindarov va Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi bahsining ikkinçi partiyasini tahlil qilgandi. U özbekistonlik şaxmatçining London tizimiga qarşi tayyorgarligini yuqori baholab, farzinni d8 katagiga qaytariş yurişiga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek