Cobalt yoki Damas: avtomobil tanlaşda eng köp qilinadigan xatolar

28-noyabr 2026 10:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Cobalt yoki Damas: avtomobil tanlaşda eng köp qilinadigan xatolar
Foto: SI

Avtomobil tanlaşda köpçilik birinçi navbatda uning narxiga qaraydi. Biroq xarid bilan boğliq xarajatlar maşina salonidan olib çiqilgan zahoti tugamaydi. Rasmiylaştiriş, suğurta, kredit foizi, servis, ehtiyot qismlar, yoqilği yoki elektr energiyasi, keyinçalik esa avtomobilni qayta sotiş qiymati — bularning barçasi real xarajatni şakllantiradi. Automotive Exhibition korxonasi art-direktori Aziz Sayidov Kursiv Uzbekistan’ga avtomobil tanlaşda eng köp uçraydigan xatolar, kredit yuklamasi, yangi va işlatilgan maşina örtasidagi tanlov hamda elektromobil va gibridlarning öziga xos jihatlari haqida gapirib berdi.

Maşina narxidan keyin ham xarajatlar boşlanadi

Sayidovning fikriça, xaridorlar eng köp e’tibordan çetda qoldiradigan xarajatlardan biri — avtomobilni rasmiylaştiriş qiymati. Bundan taşqari, maşina sotib olingandan keyin örnatiladigan qöşimça jihozlar ham sezilarli mablağ talab qilişi mumkin.

Foto: Popular mechanics

«Antiradar, registrator kabi qöşimça uskunalar xarajati ham ançagina pul turişi köpinça xayolga kelmaydi», — deydi ekspert.

Şu sabab avtomobil sotib oliş uçun ajratilgan budjetni faqat salon narxi bilan çeklaş töğri emas.

Eng katta xato — kreditni notöğri hisoblaş

Ekspertning ta’kidlaşiça, avtomobil narxidan köra unga egalik qilişning umumiy xarajatini hisoblaş muhimroq. Kreditga maşina olayotgan xaridor köpinça foizlar böyiça real xarajatni notöğri baholaydi. Bu esa keyinçalik oilaviy budjetda mablağ yetişmovçiligiga olib kelişi mumkin.

Suğurta, servis va ehtiyot qismlar bir martalik emas, balki ma’lum davriylikda takrorlanadigan xarajatlar hisoblanadi.

Foto: depositphotos

«Ular har çorak yoki har yili mablağ talab qilişini hisobga oliş kerak», — deydi Sayidov.

Bundan taşqari, avtomobilning kundalik foydalaniş xarajati — yoqilği yoki elektr energiyasi ham alohida hisoblanişi kerak.

Ekspert Özbekiston şaroitida aynan şu masalani «eng oğriqli nuqtalardan biri» deb hisoblaydi.

«Benzin narxining qimmatligi, metanning qişda tanqisligi, elektr tokidagi uzilişlar avtomobil tanlaşda ehtiyotkorlikni talab qiladi», — deydi u.

Oylik tölov daromadning yarmidan oşmasligi kerak

Kreditga qimmat avtomobil sotib olayotganda xaridor özining maksimal moliyaviy yuklamasini oldindan belgilaşi kerak.

Sayidovning fikriça, agar oilada ikki yoki uç kişi daromad topsa, avtomobil krediti böyiça oylik tölov umumiy daromadning 50 foizidan oşmasligi kerak.

Agar oilada bitta asosiy daromad manbai bölsa, ekspert bu körsatkiçni 30–40 foizdan oşirmaslikni tavsiya qiladi.

«Odam issiq jon. Yegulik va soğliqni ham öylaş kerak», — deydi u.

Ya’ni avtomobil uçun tölov boşqa asosiy xarajatlarni siqib çiqara boşlasa, bunday xarid oilaviy budjet uçun xavfli bölib qolişi mumkin.

Foto: depositphotos

«Foizsiz» muddatli tölov ham mutlaqo tekin emas

Sönggi yillarda avtomobillarni foizsiz muddatli tölov asosida sotiş takliflari köpaydi. Biroq ekspert bunda ham yakuniy summani hisoblaş kerakligini ta’kidlaydi.

Sayidovning aytişiça, hozir rasmiy işlab çiqaruvçilardagi muddatli tölov sxemalari nisbatan tuşunarli şaklda işlaydi: avtomobilni töliq tölovda xarid qilganlarga çegirma beriladi, muddatli tölovda esa uşbu çegirma qöllanmaydi.

Boşqa avtosalonlarda şartlar turliça bölişi mumkin.

Şu sabab xaridor nafaqat oylik tölovga, balki boşlanğiç badal va qöşimça majburiy xarajatlarga ham qaraşi kerak.

«Ayrim hollarda suğurta tölovi boşlanğiç tölov içida bölmasligi mumkin», — deydi ekspert.

Demak, «foizsiz» degan yozuvning özi taklif eng arzon ekanini anglatmaydi. Töliq tölovdagi narx bilan muddatli tölov orqali avtomobilga sarflanadigan umumiy summani taqqoslaş kerak.

Yangi maşinami yoki 2–5 yillik avtomobilmi?

Ikkilamçi bozordagi avtomobil har doim ham yangi maşinadan iqtisodiy jihatdan foydaliroq bölavermaydi.

Sayidovning fikriça, uç yildan oşgan yoki 200 ming kilometrdan ortiq masofa bosgan avtomobil örniga yangi avtomobil tanlaş ma’qulroq bölişi mumkin.

Şuningdek, ikkilamçi bozordagi maşina bilan salondagi yangi avtomobil narxi örtasidagi farq katta bölmasa, yangi avtomobil foydaliroq variantga aylanadi.

«Agar ikkilamçi bozordagi avtomobil bilan yangi avtomobil narxi orasidagi farq 10 foizgaça bölsa, yangisini oliş ma’qul», — deydi u.

Bunda xaridor yangi avtomobilda kafolat, kamroq servis xavfi va maşinaning oldingi ekspluatatsiya tarixi noma’lum bölmasligi kabi afzalliklarga ega böladi.

Qayta sotiş qiymatini ham unutmaslik kerak

Avtomobilni keyinçalik qança pulga sotiş mumkinligi xarid vaqtida asosiy mezon bölmasligi mumkin, ammo uni butunlay e’tiborsiz qoldiriş ham töğri emas. Sayidovning fikriça, ikkilamçi bozordagi qiymatga bir neçta omillar ta’sir qiladi.

Avtomobilning rangi, ehtiyot qismlarining bozorda köpligi, yurgan masofasi, kuzov va salon holati uning qançalik tez sotilişi hamda narxini qay darajada saqlab qolişini belgilaydi.

Bu jihat ayniqsa avtomobilni uç-beş yil içida yana sotişni rejalaştirayotgan xaridorlar uçun muhim.

Mahalliy maşinalarning ustunligi nimada?

Özbekistonda mahalliy işlab çiqariladigan ommaviy avtomobillarning ikkilamçi bozorda narxini nisbatan yaxşi uşlab turişiga servis va ehtiyot qismlar bozori yordam beradi.

«Mahalliy işlab çiqaruvçilar ehtiyot qismlar köpligi va servis arzonligi sabab öz narxini çet el avtomobillariga nisbatan yaxşiroq uşlab turadi. Xarajati ham kamroq», — deydi Sayidov.

Import avtomobil sotib olayotganda esa nafaqat maşinaning boşlanğiç narxi, balki ehtiyot qismlar qança turişi va ularni qança vaqtda topiş mumkinligini ham tekşiriş kerak.

Çunki avtomobil beş yil davomida foydalanilsa, servis va ehtiyot qismlar narxidagi farq dastlabki xarid narxidagi tejamkorlikni yöqqa çiqarişi mumkin.

Avtomobilni narxiga qarab emas, hayot tarziga qarab tanlaş kerak

Ekspert javoblaridan kelib çiqadigan asosiy xulosa şuki, eng arzon avtomobil har doim ham eng tejamkor avtomobil emas. Xaridor maşinani tanlaşda uning boşlanğiç narxidan taşqari kredit yuklamasi, rasmiylaştiriş, suğurta, muntazam servis, ehtiyot qismlar, yoqilği yoki quvvatlaş, yaşaş hududidagi infratuzilma va kelajakdagi qayta sotiş qiymatini ham hisobga olişi kerak.

Şuningdek, maşina kundalik şahar qatnovi uçunmi, uzoq safarlar uçunmi yoki har ikkala vazifa uçunmi — şu savolga javob beriş tanlovni ança osonlaştiradi. Aks holda xarid paytida arzon köringan avtomobil keyingi bir neça yil davomida egasiga ança qimmatga tuşişi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto Motors Cobalt, Tracker, Onix va Damas uçun bölib tölaşni yopişi haqida yozgan edi.

Shuningdek