1 martdan jamoat transportida yangi to‘lov tizimi kuchga kiradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Jamoat transportidan foydalanishning yakuniy narxi aytilmadi

Bugungi kunda demografik o‘sish, yoshlarning aktivligi (kunlik o‘qish va ishlarga), aholi harakatchanligi kabi ko‘rsatkichlarning oshib borishi natijasida yo‘lovchi tashishga bo‘lgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Vaqt va narx bo‘yicha jozibadorlik aholi tanlovida hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Shaxsiy transport yoki taksida manzilga yetib boradigan aholi uchun barqaror jamoat transportida ijtimoiy tariflardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali jamoat transportining ustuvorligi taʼminlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2.23 yil 16 fevraldagi PQ-59 sonli «Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan belgilab berilgan «Brutto kontrakt» tizimini joriy etilishi orqali tashuvchilar yo‘lkira  haqqi tushumlari bo‘yicha javobgarlikdan xalos bo‘lgan holda yangi kriteriyalar yaʼni tashuvlar sifati va hajmi bo‘yicha baholanadigan va moliyalashtiriladigan tizimga o‘tiladi.

Ya’ni, tashuvchi bilan hisob kitoblar shartnoma shartlari asosida amalga oshirilgan qatnovlar, harakat tarkibi soni, muntazamlik, belgilangan intervallarga rioya etilishi kabi shartlar bajarilganligi bo‘yicha baholangan holda amalga oshiriladi.

Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda shaharlarda avtobus yo‘nalishlarining yangi tarmog‘i joriy etilishini, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatining bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishi:

2023-yil 1-martgacha — Toshkent shahrida;

2023-yil 1-avgustgacha — Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;

2024-yil 1-iyungacha — Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida, muntazam shahar avtobus yo‘nalishida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimining bosqichma-bosqich ishga tushirilishini:

2023-yil 15-apreldan boshlab — Toshkent shahrida;

2024-yil 1-yanvardan boshlab — Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;

2024-yil 1-iyundan boshlab — Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida  «Brutto Kontrakt» tizimiga o’tishi ta’minlanadi.

          Hujjatga muvofiq har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha tashuvchilar elektron tender natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Tender savdolariga chiqariladigan yo‘nalish qiymatining boshlang‘ich narxi har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq xarajatlar hamda rentabellikning 10% miqdori inobatga olingan holda, har bir kilometr bosib o‘tiladigan masofa uchun shakllantiriladi.

Qoraqalpog‘iston Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari qoshida tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash, yo‘lkira haqi to‘lanishini va ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi.

Jamoat transportining jozibadorligini taʼminlash, yo‘nalishlarda barqaror harakat tezligini taʼminlash, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida vaqtga briktirilgan differensial tarif rejalari aprel oyidan joriy etiladi: bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi, ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi, avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.

Shu bilan birga jamoat transportidan kunlik aktiv foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar joriy etiladi.

Qayd etish joizki, poytaxtda 2023 yilga transport sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar byudjeti 230 milliard so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek