Yangiliklar

Adani firibgarlik ayblovlaridan keyin birinchi sarmoyani jalb qildi

GQG Partners Inc deyarli 1,9 milliard dollarga Adani aktsiyalarini sotib oladi

Amerikaning GQG Partners Inc investitsiya kompaniyasi to’rtta Adani group kompaniyalarining 1,87 milliard dollarlik aktsiyalarini sotib oldi, bu Hindenburg Research kompaniyasining tanqidiy hisoboti aktsiyalarining qulashiga olib kelganidan beri Hindiston konglomeratiga birinchi yirik sarmoyadir.

24 yanvar Hindenburg Research offshor soliq manzillaridan noto’g’ri foydalanishda va aktsiyalarni manipulyatsiya qilishda ayblagandan beri Adanining yetti kompaniyasi bozor qiymatidan taxminan 135 milliard dollar yo’qotdi. Milliarder Gautam Adani boshchiligidagi guruh bu ayblovlarni rad etdi. Keyinchalik kompaniya 2,5 milliard dollarlik aksiyalarni sotishni bekor qildi.

Investitsiyalar Hindistonning oliy sudi bozor regulyatori SEBIdan konglomeratni tekshirishni so’ragan kunning o’zida amalga oshirildi.

Florida shtatining Fort-Lauderdeyl shahrida joylashgan GQG butun dunyo bo’ylab, AQSh va rivojlanayotgan bozorlarda 88 milliard dollarlik kapital fondlarini boshqaradi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Adani firibgarlik ayblovlari tufayli o’zining daromadlarini oshirish rejasini ikki barobarga qisqartirdi.