Turbulentlik davri g’alabasi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
O’zbekiston fond bozorida UzAvtomotors dan nimani umid qilsa bo’ladi

2023- yilda UzAvtomotors avtokonserni o’zining yangi aksionerlariga dividendlarni to’lash uchun 28 mlrd so’m  sarflaydi.

Fevralda bo’lib o’tgan IPO sababli  mingdan ortiq o’zbekistonliklar zavod sheriklariga aylangan edilar. Endi kompaniya qog’ozlarini ikkilamchi savdo fond bozorida sotib olish mumkin. Kursiv kapital bozorida AJ qanday imkoniyatlari borligini aniqlashga kirishdi.

Kim aslida kim

2022- yil yakuniga ko’ra MDH davlatlari ichida avtomobil ishlab chiqarish reytingida  UzAvtomotors birinchilikni egalladi.

Konveyerdan rekord hajmdagi 327.6 ming dona yengil mashinalar chiqdi. Taqqoslash uchun «AvtoVaz» huddi shu davr ichida 200 ming dona mashina ishlab chiqardi.

O’zbekistondagi kompaniya «Generel Motors» bilan hamkorlikda ishlaydi. Amerika avtogiganti bilan shartnoma royalty asosida amalga oshiriladi. Korxona har bir dona ishlab chiqarilgan mashina uchun belgilangan summani to’laydi. Zavod Chevroletning 10 dan kam modelini ishlab chiqaradi, lekin bu ro’yxat kengaymoqda. O’tgan yili Tracker, bu yil fevral oyidan boshlab esa Onix ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Mashina quvvatini kuchaytirish jiddiy sarmoyani talab qiladi.  Yangi modellar GM Global Emerging Markets (GEM) nomli global platformada yig’iladi. Uni ishga tushirish uchun 427 mln dollarlik investdastur ishga tushirildi. Maydon transportning bir necha turlarini qo’shimcha muhandislik yechimlarisiz ishlab chiqarish imkonini beradi.

Kelajakda kompaniya ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming donaga, keyinchalik esa bu ko’rsatkichni 1 mlnga chiqarmoqchi. Hozirda kompaniya nafaqat mahalliy bozorni balki tashqi bozorni xususan, Qozog’istonni ham mashina bilan ta’minlayapti. U yerda yirik tugunli SKD yig’ish ishlari olib borilmoqda.

Xalqona savdo

IPO orqali kompaniya loyihalari uchun 56.9 mlrd so’m( 5 mln$) jalb qilindi. Mablag’ hajmiga ko’ra bunday ommaviy joylashtirish respublikada eng yirigiga aylandi. Umumiy hajmda AJ  aksiyalarini harid qilishga 1383 mingta ariza kelib tushgan bo’lib, ulardan 1000 dan ortig’i jismoniy shaxs rezidentlarga tegishli.

Joylashtirishning umumiy hajmida ustunlik institutsional investorlarga (80%) to’g’ri keldi va fuqarolar qolgan 20% ni sotib oldilar, ya’ni ular taxminan 1 million dollar sarmoya kiritdi.

Umumiy hisobda, kompaniya aksiyalarining 0,29 foizini sotishga muvaffaq bo’ldi, garchi dastlab 5% gacha sotish rejalashtirilgan bo’lsa ham. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, ushbu jarayonda fuqarolarning ishtiroki bundan yuqori bo’lishi mumkin edi.

UzAuto Motors o’zining IPO-ni o’tkazish uchun Freedom Broker anderrayterini jalb qildi. Freedom Holding Corp bosh direktorining xalqaro rivojlanish bo’yicha maslahatchisi  Valentina Makajanova shunday dedi: «Aksiyalarga bo’lgan talab taklifdan oshib ketishini taxmin qilgan edik , sababi ushbu kompaniyaning tovarlaridan O’zbekistonning uch milliondan ortiq aholisi foydalanadi.

Biz aksiyalarning aksariyati rezidentlar tomonidan sotib olinadi, o’rtacha chek 200-500 dollarni tashkil qiladi va kamida 15-20 ming kishi joylashtirishni amalga oshirilishini taxmin qilgandik. Freedom Broker vakilining so’zlariga ko’ra, ushbu IPO yoritish masalasida katta ish zarurligini ko’rsatdi. UzAuto Motors brendining mashhurligi va tan olinishiga qaramay, moliyaviy savodxonlikning pastligi va qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritish madaniyatining yo’qligi natijalarga ta’sir o’tkazdi. Odamlar bundan qanday qilib pul ishlashni tushunishmadi, deydi Makajanova.

«Navbatdagi IPO-larni kutar ekanmiz, bugun davlat ommaviy axborot vositalari darajasida bo’lajak joylashtirishlarning PR – kampaniyasini o’tkazish va o’zbekistonliklarga IPO nima ekanligini, bu nima uchun amalga oshirilayotgani hamda ular yirik milliy kompaniyalarning aksiyadoriga aylanishsa,  qanday afzalliklarga ega bo’lishlari mumkinligini tushuntirish zarur», – deya xulosa qildi Valentina Makajanova.

Portfolio Investments bosh direktori Munir Yakubov IPO ning kamtarona natijasining yana bir sababini aytib o’tdi. Uning fikricha, bozor joylashtirish narxini haddan tashqari oshirib yubordi va buni vaqt ko’rsatdi. «O’zbekistonning ichki fond bozori kichik va likvid emas, xalqaro platformalar bilan ko’priklar yo’q, shuning uchun narx shunga yarasha bo’lishi kerak edi», – deydi kompaniya rahbari. Uning fikricha, ichki bozor uchun joylashtirish narxiga yaxshi chegirma, talabni oshirishga yordam beradi va emitent keyingi xalqaro joylashtirishda barcha o’tkazib yuborilgan farqni bartaraf etish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin edi. Ammo unday bo’lmadi, bu holat esa boshqa tashkilotlar uchun yaxshi saboq bo’lishi mumkin, deydi Munir Yakubov.

Chegirmali investitsiya

UzAuto Motors aksiyalariga chegirma mavjud edi, bu  rivojlanayotgan bozor uchun kamtarona 20 foizni tashkil etdi. Tahlilchilar investitsiya loyihalarini amalga oshirish bashoratlarini hisobga olgan holda kompaniyaning qiymatini qariyb 2,2 milliard dollarga baholadi. AJ ishlab chiqarish kuchini yiliga 500 ming avtomobilga oshirish rejasi hisobga olindi. 20 foiz chegirma bilan kompaniyaning narxi taxminan 1,8 milliard dollarni, bir dona aksiyaning qiymati esa 72,5 ming so’mni tashkil etdi.

Birjada savdolarning birinchi kunida, 20 fevral kuni avtokonsernning hujjatlari 8,5 foizga ko’tarilib, keyin 70 ming so’mga o’zgardi. Mart va aprel oylarida kompaniyaning aksiyalari har biri 60 ming yoki undan kam bahoga sotilgan. Biroq, AJ aksiyadorlar yig’ilishini dividendlar masalasi bilan o’tkazmoqchi ekanligi e’lon qilgandan so’ng, kotirovkalar yana 70 ming so’mdan oshdi.

UzAuto Motors AJ dividend siyosati sof foydaning kamida 30 foizini ushbu maqsadlarga yo’naltirishini ko’zda tutadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, yangi qog’oz egalari bu yil jami 2,8 milliardga ega bo’lishadi, bu har bir aksiya uchun 3538 so’mni tashkil etadi. Freedom Broker tahlilchilari zavod qog’ozlari uzoq muddatli investitsiyalar uchun mos ekanligiga ishonchi komil va ularning mashhurligi muhim korporativ tadbirlar va yaxshi moliyaviy natijalar bilan ta’minlanadi. Kelajakda aksiya qiymati har biri 90 mingdan oshishi mumkin. Eslatib o’tamiz, Freedom Broker 2023 yil mart oyidan beri ushbu aksiyalar uchun marketmeyker hisoblanadi.

Birinchi qadam

Davlat – ilgari UzAuto Motors kompaniyasining yagona egasi bo’lgan. Kompaniyaning IPO-si katta xususiylashtirish dasturini boshlab berdi. Hukumatning 2022-yil avgustdagi qarorida fond bozorida pul yig’moqchi bo’lgan yigirmadan ortiq emitentlar ro’yxati mavjud. Bu yil prezident qarori bilan 40 ta kompaniya va banklarning milliy IPO dasturi tasdiqlandi.

«Xorijiy tajriba shuni ko’rsatadiki, mahalliy kapital bozori – davlat kompaniyalarining IPO si orqali rivojlanishi mumkin», – deydi Bluestone Investment Bank bosh direktori Aziz Vohidov.

«Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari kabi yirik aktivlar bo’yicha xorijiy fondlarni jalb qilish eng samarali yo’l hisoblanadi. Aksiyalarni faqat fuqarolarga sotish orqali katta miqdordagi mablag’ni jalb qilish mumkin emas. Shuning uchun langar investorlari sifatida katta mablag’lar kerak.»

Munir Yoqubov har qanday sotuvning muvaffaqiyati nafaqat tovarlarning sifati va miqdoriga, balki ushbu mahsulotga bo’lgan talab hajmiga ham bog’liqligini esladi. Aksiyalarga mahalliy talab juda kichik-eng likvid aksiya RFB «Toshkent» da kunlik aylanmasi 15-20 ming dollardan kam. Portfolio Investments bosh direktorining so’zlariga ko’ra, muammoni bozorni kengaytirish orqali hal qilish mumkin. Va xorijiy investorlarning kelishi uchun tovar kompaniyalari kerak va yuqorida aytib o’tilgan NGMK va AGMK bu rolga mos keladi.

Yirik xorijiy investorlarning kelishi uchun O’zbekiston Clearstream va Euroclear kabi xalqaro depozitariylar bilan ham aloqalar o’rnatilishi kerak, deydi Aziz Vohidov. «Agar biz ular bilan aloqada bo’lganimizda, xalqaro fondlar bizning Markaziy depozitariymizda alohida hisob ochishlari shart bo’lmasdi. Bu shunchaki oynali hisobi bo’lar edi va ular o’zlarining depozitariylari orqali o’zlarining qimmatli qog’ozlarini saqlashlari va nazorat qilishlari mumkin bo’lar edi. Xalqaro fondlarning esa bizning Markaziy depozitariymizda hisob ochishning murakkab jarayonidan o’tishga vaqti yo’q», – deya ta’kidladi Bluestone Investment Bank bosh direktori.

Uning fikricha, O’zbekistonda davlat kompaniyalari muvaffaqiyatli IPO namunasini ko’rsatsagina, bozorda kapitalni shu tarzda jalb qiladigan xususiy o’yinchilarni ko’ramiz.

Shuningdek