O‘zbekistondagi startaplarning qanday ehtiyojlari bor

eʼlon qilindi
Startaplar ko‘proq qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezilmoqda

O‘zbekistondagi texnologik startaplarda ko‘proq qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj mavjud, deb xabar bermoqda Osiyo taraqqiyot bankini (OTB) yangi hisobotida.

Foto: depositphotos.com /Rawpixel

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda texnologik startaplar soni oshgan. Lekin ularning asosiy qismi ilk qadamlarda bo‘lib ular yangi g‘oyalarni sinab ko‘rishmoqda va o‘zlarining ilk qadamlarini qo‘yishmoqda, deydi OTB.

Startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi ekotizim moliya, murabbiylik, inkubatsiya va isteʼdodlarni rivojlantirish jihatidan foydali.

Bugun «O‘zbekiston ekotizimi texnologik startaplar uchun» hisoboti eʼlon qilindi. Unda aytilishicha,  startaplarning o‘zi kabi ushbu ekotizim rivojlanishning dastlabki bosqichida. 

«Hukumat 2016-yildan boshlab texnologik innovatsiyalar va tadbirkorlikni rag‘batlantirish kabi keng ko‘lamli bozor islohotlarini boshladi», – deydi OTB konsultativ hisobot hammuallifi Dilshod Zufarov. «Islohotlar bo‘yicha saʼy-harakatlar davom etmoqda va bu tez o‘zgaruvchan muhitga o‘z vaqtida javob berish uchun muhimdir».

Ammo ularni moliyalashtirish oson emas. Boshqa davlatlarda startap asoschilari shaxsiy jamg‘arma va daromadga, shuningdek, oila va do‘stlarning yordamiga tayanadi. Bu borada faoliyatni kengaytirish uchun biznes-angellarni va venchur kapitalni yana-da rivojlantirish lozimdir. Hukumat tomonidan Milliy venchur fondining yaratilishi istiqbolli qadam bo‘lib hisoblanadi.

«Ko‘plab innovatsiyalar boshqa mamlakatlardagi startaplar tomonidan ishlab chiqilmoqda va ularning baʼzilari import qilinadi», – dedi hisobot hammuallifi OTB iqtisodchisi Pol Vandenberg. «O‘zbekiston mahalliy startaplar orqali o‘z innovatsiyalarini rivojlantirsa yaxshiroq bo‘lardi».

Eslatib o‘tamiz, OTB 1966-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga 68 mamlakat aʼzo bo‘lgan. Ularning 49 tasi mintaqada.

OTB o‘ta qashshoqlikka barham berish bo‘yicha saʼy-harakatlarini davom ettirib, rivojlangan, keng qamrovli va barqaror Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga erishishga harakat qiladi. 

Avvalroq, «Kursiv» OTB O‘zbekistondagi elektr energiyasining uzilishiga qarshi kurashda yordam berishi haqida yozgan edi.

Shuningdek