2023-yilning to‘qqiz oy yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda bozor xizmatlari umumiy hajmidagi savdoning ulushi 23,8 foizga teng, deya xabar berdi Statistika agentligi. Ko‘rsatgichning hajmi pul ko’rinishida 78 trillion so’mni tashkil qildi.
Eng yuqori savdo hajmi Toshkent shahrida – 29 trillion so‘mni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda 7,4 trillion so‘m bilan poytaxt viloyati joylashdi. Uchinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati — 5,7 trln.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda savdoga ixtisoslashgan 154 ming kompaniya borligi haqida yozgan edi.