Xorijiy sarmoyani jalb qilish Uzumga va mamlakat iqtisodiyotiga nima beradi?

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
"Kursiv" bu haqda ekspertlar bilan suhbatlashdi
Foto: donscarpo / www.depositphotos.com

Bir yil davomida Uzum mamlakatdagi eng yirik raqamli ekotizimni barpo etdi va nafaqat millionlab foydalanuvchilar, balki dunyoning yetakchi investitsiya fondlari e’tiborini o‘ziga qaratdi. Yaqinda ekotizim taxminan 300 mln dollar jalb etish boʻyicha bir qancha xalqaro fondlar bilan muzokaralar olib borayotganini eʼlon qildi.Xorijiy sarmoyalarning ekotizim va umuman mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga qanday taʼsir qilishi — «Kursiv» materialida.

Infratuzilmani rivojlantirish va yangi xizmatlarni ishga tushirish

«Mavjud yo‘nalishlardan tashqari, ekotizim oddiy foydalanuvchilar va tadbirkorlar uchun yangi mahsulotlarni, jumladan, fintex va oxirgi mil logistika sohalarida ham ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Hozirda mamlakatimizda  e-commerce bozori faol rivojlanmoqda, u bilan bir qatorda fintex-mahsulotlari ham rivojlanmoqda, bank xizmatlarining ommabopligi ortib bormoqda. Biz allaqachon onlayn savdo, raqamli moliyaviy va bank xizmatlari bo‘yicha yetakchimiz va Uzum faoliyat yuritayotgan barcha sohalarda o‘z o‘rnimizni saqlab qolish va mustahkamlash niyatidamiz», — deyiladi kompaniya press-relizida.

Bir yil davomida Uzum logistika, transport va IT-infratuzilmasini barpo etdi, undan millionlab O‘zbekiston aholisi biznesni rivojlantirish va kundalik muammolarni hal qilishda foydalanmoqda. Shu bilan birga, ekotizimning yanada ulkan rejalari bor: Uzum Market mamlakatdagi eng yirik logistika markazining birinchi bosqichi ishga tushirilishini e’lon qildi, unda 5000 dan ortiq xodim ishlaydi, shuningdek, buyurtmalarni qabul qilish punktlari sonini bir yilda uch barobarga oshiradi. Uzum bank, shuningdek, bank IT-infratuzilmasini qurish rejalarini ham e’lon qildi.

«Oʻsishni qoʻllab-quvvatlash uchun jismoniy infratuzilmaga qoʻshimcha sarmoya kiritish zarur», – deydi KAP DEPO investitsiya-banking bo‘yicha direktori Muzaffar Roziqov. — Professional fondlardan yangi investitsiyalarni jalb qilish to’g’ri qadam bo’lib, kompaniyaga IPO’ga chiqishda yordam berishi mumkin. Biz Uzum O‘zbekistondagi birinchi yakkashox- kompaniya bo‘lishini kutamiz”

«Uzumga kelsak, bu bir necha sabablarga ko’ra haqiqiy va istiqbolli. Birinchidan, investitsiyalar butun respublika bo‘ylab yangi punktlar va omborlar ochish orqali kompaniyaning logistika imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi va bu xavflarni kamaytiradi. Ikkinchidan, Uzum ekotizimi tez o’sish sur’atlari bilan bozorning eng istiqbolli o’yinchilaridan biri bo’lib, bu hamkorlarning kompaniya kelajagiga ishonchini oshiradi va bu sarmoyalarda eng muhimi. Uchinchidan, aytishimiz mumkinki, Uzum ko‘plab mamlakatlarda yaxshi rivojlanayotgan va o‘sib borayotgan yangi e-commerce bozorini yaratmoqda va O‘zbekistonda bu sohada o‘sish uchun asos bor, bu esa loyihaga sarmoya kiritishni juda jalb qiladi», — deya tushuntirdi sarmoya xizmati Jett.uz bosh direktori Tolibjon Mirzaqulov.

Alkes Research investitsiya va konsalting kompaniyasi boshqaruvchi direktori Odil Musaevning fikricha, e’lon qilingan mablag‘ Uzum kabi yirik biznes uchun haqiqatga moyildir:

«Kompaniya xizmatlari aholi orasida nihoyatda ovoza bo‘lib, Uzum bunday natijalarga erishgan vaqt oralig‘ini hisobga olsak, kompaniya uzoq muddatda O‘zbekistonda onlayn- savdo va fintex bo‘yicha eng yirik o‘yinchi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega», — dedi Odil Musayev.

O’sish maydoni

Prezident eʼlon qilgan rejaga koʻra, Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 2030-yilga borib ikki barobar ortadi. Aholining yoshligi, iqtisodiy o‘sish va davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanayotganini hisobga olgan holda, mamlakatimiz yirik loyihalarni amalga oshirish va xalqaro investorlarni jalb qilish uchun ayniqsa samarali bo‘lib bormoqda.

«Xulosa qilib, quyidagilarni aytishimiz mumkin: xorijiy investorlarni jalb qilish uchun daromadlarning o’sishiga yoki mijozlar sonining ko’payishiga, ikkala ko’rsatkich bo’yicha ham yaxshiroq o’sish dinamikasini ko’rsatish kerak», – deydi Tolibjon Mirzaqulov.

Uzum maʼlumotlariga koʻra, har oyda Oʻzbekistonning 7 mln ortiq aholisi ekotizim xizmatlaridan foydalanadi va kelgusi yilda kompaniya ham yangi xizmatlarni yoʻlga qoʻyish, mamlakat boʻylab logistika infratuzilmasini kengaytirish hisobiga foydalanuvchilar sonini oshirish niyatida. 2024-yilning birinchi choragida mamlakatdagi eng yirik logistika majmuasining birinchi bosqichi ishga tushiriladi va buyurtmalarni qabul qilish punktlari tarmog‘i 10 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan barcha aholi punktlarini qamrab oladi. Shu tariqa kompaniya o‘z xizmatlari doirasida ham, butun mamlakat bo‘ylab kichik, o‘rta va katta biznes sub’ektlari orasida ish o‘rinlari yaratmoqda. Uzum allaqachon iqtisodiyotni raqamlashtirish drayverlaridan biriga aylangan va KPMG tahlilchilari taʼkidlaganidek, Oʻzbekistonda e-commerce bozorini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan.

Shuningdek