
20-noyabr kuni O‘zbekiston Markaziy bankida dollarning o‘rtacha qiymati 2,58 so‘mga pasaydi va 12 277,42 so‘mni tashkil qildi.
Buqun banklarda dollarni 12 310 — 12 340 so‘mdan xarid qilish mumkin. Moliya institutlari esa AQSh valyutasini 12 220 — 12 280 so‘mdan sotib olishmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» 17-noyabr kuni dollarning qiymati 9,90 so‘mga ko‘tarilgani haqida yozgan edi.