
29-noyabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 17,12 so‘mga tushdi. Bugun AQSh valyutasining kursi 12 297,88 so‘mni tashkil qildi.
Respublika banklari dollarni 12 255 – 12 310 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 340 – 12 375 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hafta boshida 27-noyabr kuni Amerika valyutasining qiymati 12 310 so‘mdan oshgan edi.