O‘zbekistonda dekabr oyining 15 kunida 73 milliard so‘mlik elektr energiyasi va gaz o‘g‘irlandi, deb xabar berdi «O‘zenergoinspektsiya».
Jumladan, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan resurslarni noqonuniy ishlatish bo‘yicha 50 ta holat aniqlanib, yetkazilgan zarar miqdori 36 milliard so‘mdan oshgan.
Farg‘ona viloyatida iste’molchilar tomonidan 7 milliard so‘mlik elektr energiyasi va gaz o‘g‘irlangan. Viloyatda 52 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Umuman olganda, 1-dekabrdan 15-dekabrga qadar respublika bo‘yicha 411 ta shunday qoidabuzarlik qayd etilgan.
Avvalroq, «Kursiv» noqonuniy mayning-fermermalar O‘zbekiston energetika tizimiga 58 milliard so‘m zarar yetkazgani haqida yozgan edi.