Yangiliklar

Bayram kunlari o’zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda

O‘zgidromet prognoziga ko‘ra
Foto: Piqsels

Yangi yil arafasida, 31 dekabr kuni O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida kechasi 0…-5°, kunduzi +4…+9° daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

1-yanvar kuni havo harorati kechasi -2…+3°, kunduzi +8…+13° darajagacha ko‘tariladi.

2 yanvar kuni sinoptiklar ob-havo kechasi 0…+5°, kunduzi +6…+11° daraja bo‘lishini kutmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Yangi yildan oldin O‘zbekiston aholisini qanday ob-havo kutayotgani haqida yozgan edi.