Yangiliklar

Toshkentda issiq suv va issiqlik taʼminoti toʻxtatiladi

Ta'mirlash ishlari tufayli
Foto: Piqsels

4-yanvar, payshanba kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida issiqlik ta’minoti qisman o‘chiriladi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

O’chirish sababi shikastlangan uskunani almashtirish bo’ladi. Shu kuni 9, 13, 14, 15, 21, 23 va 25-kvartallarda soat 9:00 dan 21:00 gacha issiq suv va isitish taʼminoti boʻlmaydi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston 2023 yilda energetika muammolarini qanday hal qilgani haqida yozgan edi.