Kecha kechqurun Xitoyning Nanyan shahridagi Yingcai maktabi yotoqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.
Favqulodda xizmatlarga yotoqxonada yong‘in chiqqani haqida soat 23:00 da qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Yong‘in soat 23:38 da o‘chirilgan. Fojia sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
O’lgan 13 kishidan tashqari, bir kishi jarohatlangan. U kasalxonaga yotqizilgan, ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Avvalroq, Kursiv 2023-yil noyabr oyi oxirida Olmaota shahridagi Adi Sharipov ko‘chasidagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in haqida yozgan edi. 13 nafar mehmon, jumladan, ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.