
2023-yilda O‘zbekiston orqali 11,2 million tranzit yuk tashilgan, deya xabar berdi Statistika agentligi. Bu 2022-yilga nisbatan 23 foizga ko‘pdir.
Jami yuklarning 81,3% temir yoʻl transportida tashilgan – 9,1 mln.t., avtomobil transportida – 2,1 mln.t.
Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda tezyurar konteyner poyezdlarida yuk tashish hajmi ikki barobarga oshgani haqida yozgan edi.