Qanot Sharq aviakompaniyasi aprel oyi boshida O‘zbekistondan Ispaniyaning poytaxti Madridga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi, deb xabar berdi Vandrouki: Central Asia Telegram kanali.
Toshkent-Urganch-Madrid parvozlar 2-apreldan amalga oshirilishi kutilmoqda. Biroq, hozircha sotuvda chiptalar yo‘q.
Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida bu ma’lumot tasdiqlanmagan.
Avvalroq, «Kursiv» Qanot Sharq shunday reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.