Yangiliklar

Oʻzbekiston fuqarolari uchun BAAga vizasiz rejim joriy qilindi

Vizasiz rejim 30 kungacha amal qiladi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari vizasiz rejim joriy etishga kelishib oldi. Ushbu bayonnomani Oʻzbekistonning BAAdagi elchisi Abdulaziz Oqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Xolid Abdulla Belxul imzoladi. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar berdi.

Endi Oʻzbekiston fuqarolari BAAda 30 kun davomida vizasiz rejimda qolishi mumkin boʻladi.

Hujjat bugun, 16 fevral kunidan kuchga kirdi. BAA oʻzbekistonliklar vizasiz borishi mumkin boʻlgan 29-davlatga aylandi.

Eslatib oʻtamiz, 4 fevraldan boshlab Eronda ham Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilingan edi.

Avvalroq AQSh Oʻzbekiston fuqarolarining 59,56 foiziga «B» (noimmigratsion) vizani berishdan bosh tortgani xabar qilingan edi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida eng yuqori koʻrsatkichdir.