Dollar 15 so‘mga arzonlashdi

eʼlon qilindi
Uning kursi 12 510,86 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

6-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 15,53 so‘mga pasaydi va 12 510,86 so‘mni tashkil qildi. Davlat Markaziy banki ham AQSh valyutasini kursini shu darajada belgiladi.

Bugun moliya institutlari dollarni 12 450 – 12 480 so‘mdan xarid qilib, 12 520 – 12 590 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5-mart kuni AQSh valyutasi 1 so‘mga qimmatlashgan edi.

Shuningdek