Yangiliklar

Crocus City Hallʼdagi terakt sodir etganlarning shaxsi aniqlandi

Teraktni uyushtirganlikda olti kishi gumon qilinmoqda
Foto: Brief

Rossiya xavfsizlik kuchlari Moskva yaqinidagi Crocus City Hallʼdagi teraktda gumon qilingan toʻrt nafar shaxsni aniqladi. Bu haqda Baza xabar bermoqda.

Baza xabariga koʻra, terakt uyushtirganlikda gumon qilinayotganlar: Mahmadrasu Nasridinov, Rivojidin Ismmonov, Shohinjon Safolzoda va Rustam Nazarov. ularning yoshi 21 dan 51 yoshgacha.

Shuningdek, nashrning aniqlik kiritishicha, ularning barchasi — Tojikiston fuqarolari.

Oʻz navbatida, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi oʻz fuqarolarining teraktga aloqadorligini soxta (feyk) deb atadi.

Avvalroq «Kursiv» Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi yonida memorial yodgorlik tashkil etilgani haqida xabar bergan edi.