
Joriy yilning aprel oyi oʻrtalarida Italiyada «Oʻzbekiston: Sahrodagi avangard» badiiy koʻrgazmasi ochiladi, deb xabar bermoqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi.
17-apreldan 29-sentabrgacha Ka-Foskari nomidagi Venetsiya universiteti ko‘rgazmalar zalida va 16-iyundan 30-iyungacha Florensiyadagi Pitti saroyida O‘rol Tansiqboyev, Aleksandr Nikolaev (Usto Mo‘min) va boshqa o‘zbek avangard ustalarining suratlari namoyish etiladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston san’at muzeyining yangi binosi 2024-yilda qurilishi boshlanishini yozgan edi.