Oʻzbekistonda ideal er oyiga qancha pul ishlab topishi kerak — soʻrovnoma natijalari

eʼlon qilindi
So‘rovnoma "Kursiv"ning Telegramdagi obunachilari o‘rtasida o‘tkazildi
Foto: DmitryPoch / www.depositphotos.com

«Kursiv» nashri oʻzining Telegramdagi obunachilari oʻrtasida «Oʻzbekistonda ideal er oyiga qancha pul ishlab topishi kerak» deb nomlangan soʻrovnoma oʻtkazdi.

Soʻrovnoma nashrning oʻzbek va rus tilidagi Telegram kanallarida tashkil qilinib, unda umumiy hisobda 466 nafar obunasi ishtirok etdi. Ulardan 287 nafari oʻzbekzabon auditoriyasida boʻlsa, qolgan 179 nafar rus tilida yuritiladigan kanalda ishtirok etdi.

Ideal erning bir oylik maoshi 7,5 mlndan kam boʻlmasligi kerak, deb hisoblaydiganlar oʻzbek auditoriyada — 9 foiz boʻlsa, rus tilida — 1 foizni tashkil qildi.

Oylik maoshi 7,6 – 10 mln soʻmni tashkil qilishi kerak degan javobni tanlaganlarning ulushi oʻzbek tilidagi kanalda — 13 foiz, rus tilida boʻlsa, 6 foizni tashkil qildi. Shuningdek, 10 dan 15 mln oraligʻida boʻlishi kerak deb hisoblaydiganlar oʻzbek auditoriyada 11 foizni, rus auditoriyada esa 5 foizni koʻratdi.

Oʻzbekiston sharoitida ideal er 20 mlndan koʻp ishlab topishi kerak deb hisoblaydiganlarning ulushi oʻzbek segmentida 16 foizni, rusiyzabon foydalanuvchilar orasida esa 25 foizni tashkil qiladi.

Qancha ishlab topsa ham yetmaydi, degan javobni tanlaganlar oʻzbek tilida — 19 foiz, rus tilida ham xuddi shuncha foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga, shunchaki javoblari bilishni xohlaganlar — oʻzbek tilida 26 foiz boʻlsa, rus tilida 31 foiz boʻldi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda korxona va tashkilotlarda ishchi xodimlarning oʻrtaga oyligi 4,4 mln tashkil qiladi. Hududlar boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahrida kuzatildi qariyb 7,2 million soʻm. Undan keyingi oʻrinlarni Navoiy 5,7 million soʻm va Toshkent viloyatlari 4,4 million soʻm egalladi.

Eng kam oʻrtacha oylik ish haqi Qashqadaryo viloyatiga toʻgʻri keladi — 3,2 million soʻm. Shuningdek, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona hamda Namangan viloyatlarida ham past koʻrsatkich kuzatilgan.

Shuningdek