Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi $2,2 mlrd tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 16 foizga kamdir.
2021-yilda bu ko‘rsatkich $2,3 mlrd tashkil qilgan.
Statistika agentligining hisobotiga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy investorlar tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 26 trillion so‘m sarmoya kiritildi.
Joriy yilda hukumat respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha ishlarni faollashtirish niyatida.
Avvalroq «Kursiv» mamlakatimizdagi investorlar faolligi 2023-yilda 22,1 foizga oshganini yozgan edi.