Yangiliklar

Oltin narxi pasaymoqda

Markaziy Bank ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: Unsplash

Oltin aprel oyining birinchi yarmida tez o‘sdi, ammo ikkinchi yarmida pasayish tendentsiyasini ko‘rsata boshladi. Respublika Markaziy Banki ma’lumotlariga ko‘ra, 24-aprel kuni besh grammlik oltin quymaning narxi 4,83 mln so‘mni tashkil etdi.

10 grammlik quymaning narxi ham pasaydi (9,67 mln so‘m), 20 grammlik 19,34 mln so‘m bo‘ldi, 50 grammlik qimmatbaho metallning narxi 48,36 mln so‘mni tashkil qildi.

LBMA grafigi bo‘yicha, bir troy unsiya narxi 17-apreldan tushishni boshlagan. 23-aprel holatiga ko‘ra, oltinning bir troy unsiyasi $2,32 mingga baholandi. Shu davr davomida oltinning narxi 2,6 foizga pasaydi.

Avvalroq «Kursiv» oltin narxi Yaqin Sharqdagi mojarolar tufayli yuqori darajaga qaytganini e’lon qilgan edi.