Aqlli so’mlar

Qaysi banklar so‘mda eng daromadli omonatlarni taklif qilmoqda

“Kursiv” aniqladi
Rasm: depositphotos.com

«Kursiv» respublikadagi qaysi banklar aholiga yuqori foiz stavkalari bilan omonat taklif qilishini aniqladi. Bunda milliy valyutadagi depozitlar hisobga olindi.

Davr Bank

Imkoniyat omonati talablari: omonat muddati – 24 oygacha, foiz stavkasi – 27.09, valyuta turi – soʻm, eng kam omonat miqdori – 100 ming soʻm, omonat ochish usuli – bank ofisi yoki mobil ilova orqali.

Boshqa omonatlar va bank operatsiyalari bilan tanishib chiqish uchun moliya tashkiloti saytida toliq ma’lumotlar mavjud.

TBC Bank

Omonat muddati – 24 oygacha, foiz stavkasi – 27 foiz, valyuta turi – soʻm, eng kam omonat miqdori – 100 ming soʻm, omonat ochish usuli – bank ofisi, mobil ilova orqali.

Kapitalbank

Niyat omonati talablari: omonat muddati – 24 oygacha, foiz stavkasi – 26 foiz, valyuta turi – soʻm, eng kam omonat miqdori – 100 mln soʻm, omonat ochish usuli – bank ofisi, mobil ilova orqali.

Yana boshqa takliflar bilan tanishish uchun bank saytida bilib olsa boʻladi.

Agro Bank

Progress omonati talablari: omonat muddati – 13 oygacha, foiz stavkasi – 22 foiz bank ofisida va 23 foiz mobil ilova orqali, eng kam omonat miqdori – 500 ming soʻm, omonat ochish usuli – bank ofisi, mobil ilova orqali.

Ziraat Bank

FOYDA (V) 26 — S67 omonati talablari: omonat muddati – 24 oygacha, foiz stavkasi – 26 foiz, eng kam omonat miqdori – 3 mln soʻm, omonat ochish usuli – bank ofisi.

Toʻliq ma’lumotni olish uchun bank saytida koʻrib chiqsa boʻladi.

Hamkor Bank

Xazina omonati talablari: omonat muddati – 24 oygacha, foiz stavkasi – 23 foiz, eng kam omonat miqdori – 1 mln soʻm, omonat ochish usuli – bank ofisi.

Avvalroq «Kursiv» omonatlarni qo‘yish uchun ishonchli bankni qanday tanlash kerakligi haqida ma’lumot bergan edi. O‘zbekistonda pul jamg‘armalarini saqlash hamda ularni ko‘paytirish haqida bosh qotirayotgan fuqarolar soni ortib bormoqda. Ba’zilar pul jamg‘armalarini bankga qo‘yib, foiz evaziga pul ishlab olishga qaror qiladi. Ammo ko‘pchilik mablag‘ qo‘yishda qanday qilib ishonchli moliyaviy tashkilotni tanlash va nimalardan ogoh bo‘lish kerakligidan bexabar.