Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada 1941−1945-yillarda boʻlib oʻtgan Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan harbiy paradda faxriy mehmoni sifatida ishtirok etadi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.
Shuningdek, paradda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va yana bir qancha mehmonlar ishtirok etadi.
Davlat rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga Noma’lum askar qabriga gul qoʻyish marosimida ishtirok etadi.