
Oʻzbekistonda muzeylarga 2023-yil davomida 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Eng koʻp tashrif buyuruvchilarga ega boʻlgan top 5 ta muzeylar:
Registon ansambli – 1 mlndan ortiq kishi;
Samarqand davlat muzey qoʻriqxonasi – 1 mlndan ortiq kishi;
Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi – 648,5 ming kishi;
Xiva Ichan-qal’a davlat muzey qoʻriqxonasi – 448,4 ming kishi;
Buxoro davlat muzey qoʻriqxonasi – 390,3 ming kishi.
2024-yilning yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston san’at muzeyining yangi binosining qurilishi 2024-yilda boshlanishi haqida xabar bergan edi.