Yangiliklar

Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Maqbara davlat rahbari tashabbusi bilan qayta tiklandi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Ziyorat vaqtida Qur’on suralari o‘qilib, o‘zbek xalqining tinchligi va farovonligi uchun duolar qilindi.

Mirziyoyev tashabbusi bilan maqbara qayta tiklandi. Xususan, Toqi miyona darvozasidan maqbaraga tarixiy o‘tish joyi tiklandi.

«Endi bu yerdagi har bir obidaga, xonlar dahmalariga bitiklar yozib qo‘yish kerak. Ziyoratga kelganlar qadamma-qadam tarixni o‘rganib, ma’naviy ruh olib o‘tsin», dedi davlat rahbari.

Darvozalar bo‘ylab bog‘lar tashkil etilgan, muzey va tahoratxonalar ham qurilgan. Bundan tashqari, Doniyolbiy madrasasini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda mamlakatimizga 1,4 milliondan ortiq ziyoratchilar tashrif buyurganini yozgan edi.