Toshkentda Yunusobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasi to‘sib qo‘yiladi, deb xabar berdi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi.
Sababi Salar va Hojikent stansiyalari o‘rtasidagi temir yo‘l kesishmasidagi ta’mirlash ishlari.
7-iyun juma kuni soat 22:00 dan 8-iyun shanba kuni soat 6:00 gacha avtomobillar harakati cheklanadi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentning Sergeli tumanidagi Obi Hayot ko‘chasi yopilishi haqida yozgan edi.