BYD yangilangan Han 2025 sedanini taqdim etdi

21-noyabr 2024 13:39 eʼlon qilindi

(21-noyabr 2024 13:50 yangilandi)
Zohid Qurbonov

Zohid Qurbonov

Muxbir z.qurbonov@kursiv.media
Foto: BYD

BYD yangi BYD Han 2025 sedanining sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda ithome.com manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Han 2025 modeli ikki xil variantda taqdim etiladi: toʻliq elektr va gibrid. Elektr versiyasi 506 dan 701 km gacha (CLTC sikli boʻyicha) masofani bosib oʻtishi mumkin va tezkor zaryadlash tizimiga ega boʻlib, batareyani 30 daqiqada 80 foizgacha quvvatlash imkonini beradi. Gibrid versiya esa DM-i texnologiyasi bilan jihozlangan boʻlib, benzin va elektr dvigatellarini birlashtirib, 1350 km.gacha masofani bosib oʻtish imkonini taqdim qiladi.

Mashinada 31 ta turli xil sensor bor bo‘lib, yoʻlning notekisliklarini yumshatuvchi aqlli podveska va haydovchiga yordam beradigan koʻplab tizimlar oʻrnatilgan. Gibrid variantlarning narxi $23 300 dan $31 700 gacha, elektr variantlarining narxi esa $25 250 dan $33 100 gacha.

Ma’lumot uchun, to‘rt yil oldin Han modeli ishga tushirilganidan beri 800 mingdan ortiq avtomobillar sotilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD kompaniyasi bir oyda yarim milliondan ortiq avtomobillar sotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek