Redmi Watch 6 Active va Watch 6 Lite qanday xususiyatlarga ega

21-iyul 2026 21:50 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Redmi Watch 6 Active va Watch 6 Lite qanday xususiyatlarga ega / Foto: M.video

Redmi yaqin orada Watch 6 turkumini ikkita yangi smart soat – Watch 6 Active va Watch 6 Lite modellari bilan kengaytirishi kutilmoqda. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Yangi modellarning narxi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Watch 6 Active Yevropa davlatlarida 50 yevro, Redmi Watch 6 Lite esa 60 yevro narxda sotuvga chiqadi. Nomidan farqli o‘laroq, Active modeli Lite versiyasidan arzonroq bo‘ladi.

Har ikkala smart soat 140 dan ortiq sport rejimi, yurak urish tezligi va qondagi kislorod (SpO2) darajasini kuzatish, uyqu monitoringi hamda bosib o‘tilgan masofani hisoblash funksiyalariga ega bo‘ladi.

Foto: GSM Arena
Foto: GSM Arena

Ekran va texnik imkoniyatlar

Redmi Watch 6 Active 1,85 dyuymli AMOLED displey, 390×450 piksel aniqlik, Bluetooth 5.3 va 470 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi.

Redmi Watch 6 Lite esa 1,96 dyuymli AMOLED ekran, 410×502 piksel aniqlik, 9 o‘qli harakat sensori, ko‘p tizimli GPS va karnayga ega bo‘ladi. Ushbu model ham 470 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlanadi.

Taqdimot sanasi

Hozircha yangi smart soatlar qachon taqdim etilishi va qaysi bozorlarda sotuvga chiqarilishi rasman e’lon qilinmagan. Sizdirilgan narxlar yevroda keltirilgani sababli, qurilmalar Yevropa bozorida sotilishi kutilmoqda.

Foto: GSM Arena
Foto: GSM Arena

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Redmi Note 17 va Note 17 Pro smartfonlari qanday dizaynda taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek