
36 yil davomida toʻliq benzin baki bilan garajda turgan Chevrolet Impala avtomobili topildi. Bu haqda Autoyevolution nashri xabar berdi.
Avtomobil 1969-yilda ishlab chiqarilgan boʻlib, 350 ot kuchiga ega 5,7 litrli V8 dvigateli va uch pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Suratdan koʻrinib turibdiki, avtomobilning ba’zi joylari zanglagan, ammo salon yaxshi saqlangan. Konditsioner yoʻq boʻlishiga qaramay magnitol bor. Endilikda avtomobil egasi uni eBayʼda $10 mingga sotishni rejalashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Impala 1960-yillarda AQShda avtomobil savdosida katta ustunlikka egalik qilgan. 1965-yilda ishlab chiqarilgan modeli eng muvaffaqiyatlisi boʻlib, bir yil ichida bir milliondan ortiq sotilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Chevrolet Aveo taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.