BYD Leopard 8 dunyodagi birinchi «qattiq rejim»ga ega avtomobilga aylandi

30-noyabr 2024 10:56 eʼlon qilindi

(30-noyabr 2024 12:23 yangilandi)
post.authors.0.name

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: BYD

29-noyabr kuni BYD kompaniyasi BYD Leopard 8 yoʻltanlamasini yangilash orqali «qattiq rejim»ga (violent mode) ega dunyodagi birinchi avtomobil boʻlganini ma’lum qildi. Bu haqda ithome xabar bermoqda.

«Qattiq rejimda» BYD Leopard 8 yoʻltanlamas 2 km/soatdan past tezlikda maksimal burovchi momentni berishi mumkin. Bu ekstremal sharoitlarda yoki qutqaruv operatsiyalarida gʻildiraklarning tiqilib qolishi yoki toʻxtashining oldini olishga yordam beradi.

Ushbu rejim bilan avtomobilning turli yoʻllarda juda sekin harakatlanishiga erishish mumkin, bunda motor maksimal burovchi momentni gʻildiraklarga uzatadi. Avtomobil toʻrtta gʻildirakni toʻliq sinxronlashtira oladi va yoʻl sharoitiga qarab har bir gʻildirakning harakat kuchini aniq nazorat qila oladi.

Shuningdek, bu rejim yoʻl topish qiyin boʻlgan, tik va toshli yonbagʻirlar hamda tiqilib qolgan avtomobilni tortib olish kerak boʻlganda mos keladi.

Eslatib oʻtamiz, kuch tizimining umumiy quvvati 748 ot kuchi, burovchi momenti 760 Nm. Shu bilan birga, katta va ogʻir mashina uchun dinamika juda yaxshi – 100 km/soatgacha Leopard 8 atigi 4,8 soniyada tezlashadi.

Ma’lumot uchun, ushbu avtomobil BYD va Huawei tomonidan birgalikda yaratilgan birinchi modeldir.

Avvalroq Kursiv Uzbekista yangi Chevrolet Aveo taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek