Endilikda Mercedes-Benz’ga nafaqat xitoy motorlari, balki dasturiy ta’minoti ham o‘rnatiladi

2-dekabr 2024 10:17 eʼlon qilindi

(2-dekabr 2024 10:17 yangilandi)
post.authors.0.name

Behruz Valiyev

Muxbir
Foto: Reuters / Yilei Sun

Mercedes-Benz kompaniyasi yangi investitsiyalar kiritishni va kamida to‘rtta yangi modelni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, ular Momenta startapining avtomatik boshqaruv dasturiy ta’minotidan foydalanadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mercedes kompaniyasi 2017-yildan boshlab Momenta’ga investitsiya kiritgan, ammo har ikki kompaniya ham hozirgacha birgalikda ishlab chiqilgan mahsulotlarni rasmiy ravishda e’lon qilmagan.

Manbalarga ko‘ra, Mercedes Momenta kompaniyasi uchun $75 mln miqdorida yangi investitsiyalar kiritishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, 2025-yilning birinchi choragida rejalashtirilgan Momenta kompaniyasining birlamchi ommaviy taklifiga (IPO) asosiy investor sifatida qo‘shimcha mablag‘lar kiritishi mumkin.

Foto: Reuters / Yilei Sun

Ba’zi manbalarning ta’kidlashicha, kompaniya Momenta’ni 2025–2027-yillarda Xitoyda ishga tushiriladigan to‘rt model uchun ADAS tizimlarini yetkazib beruvchi sifatida tanlagan va hozirgi vaqtda, 2027-yildan keyin Xitoydagi ko‘proq modellarda Momenta dasturiy ta’minotidan foydalanish bo‘yicha ichki muhokamalar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD Leopard 8 dunyodagi birinchi «qattiq rejim»ga ega avtomobilga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek