RBK.Autonews sayti Rossiyaga norasmiy yoʻl bilan olib kelingan Chevrolet mashinalari qancha turayotgani haqida ma’lumot berdi. Bular orasida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar ham bor ekan.
Chevrolet Onix 1,9 milliondan ikki mln rublgacha ($18-$19 ming ) turadi. Chevrolet Cobalt narxi 1,8 mln rubldan ($17 ming).
Oʻzbekistonda Chevrolet Onix avtomobilining rasmiy narxlari 161,9 mln soʻmdan ($13 ming) boshlanadi. Chevrolet Cobalt GX-Style AT Plus uchun esa 147,9 mln soʻm ($11,5 ming) toʻlash kerak. Taqqoslash uchun, Chevrolet Cobalt Midnight komplektatsiyasi vatanida 155,2 mln soʻm ($12 ming) ga sotiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘zavtosanoat» 2025-yilda 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni $700 mln.gacha oshirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.