Galaxy Watch 5 va 5 Pro One UI 6 yangilanish yuklash boshlandi: nimalar o‘zgardi

5-dekabr 2024 18:26 eʼlon qilindi

(5-dekabr 2024 23:25 yangilandi)
Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Foto: itkvariat.by

Samsung kompaniyasining Galaxy Watch 5 va 5 Pro smart soatlari One UI 6 foydalanuvchi interfeysi yangilanishi boshlandi. Bu haqda SamMobile portali xabar berdi.

Endi qurilmalarda Simple Digital, Spatial Number va Ultra Info Board siferblatlarini (soatning yuza ko‘rinishi, raqamli yuzasi) o‘rnatish mumkin. Avval bu siferblatlar faqat Galaxy Watch 7 va Galaxy Watch Ultra foydalanuvchilari uchun mavjud edi.

Yangilanish foydalanuvchi interfeysining elementlariga ham ta’sir qildi. Endi u qalinroq shrift va yaxshilangan plitkalar grafikasiga ega.

Yangi dasturiy ta’minot bilan birga Samsung Health ilovasi treninglar, jismoniy faollik va dam olish davrlarini kuzatish uchun Energy Score funksiyasini qo‘shdi. Ilova yuklamalar rejimi bo‘yicha maslahatlar beradi va sun’iy intellekt sog‘lom turmush tarziga oid shaxsiy tavsiyalar beradi.

Zaryadni tejash uchun soatlar energiya tejash rejimida Samsung Health funksiyalarining bir qismini avtomatik ravishda o‘chiradi.

Shuningdek, One UI 6 yangilanishi qurilmaning xavfsizlik tizimiga, bildirishnomalarni moslashtirish va qurilmani qo‘l harakatlari bilan boshqarish imkoniyatini beradi.

Hozirda yangi dasturiy ta’minot Galaxy Watch 5 Bluetooth-versiyalarining foydalanuvchilari uchun Evropada va AQShda mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan OnePlus 13 2025-yil yanvarida butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqarilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek