Ulugʻbek Rashitov 2024-yilda dunyoning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi

5-dekabr 2024 12:41 eʼlon qilindi

Zohid Qurbonov

Zohid Qurbonov

Muxbir z.qurbonov@kursiv.media

O‘zbekistonlik sportchi Ulugʻbek Rashitov 2024-yilda dunyoning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Taqdirlash marosimi Gonkongda davom etayotgan pumse bo‘yicha Jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek Rashitovga sovrinni Jahon taekvondo federatsiyasi bosh kotibi Seo Jeongkang topshirdi.

«Bu natija o‘zbek taekvondochilari uchun tarixiy voqea bo‘ldi. Ilk bor O‘zbekiston sportchisi Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan bunday mukofot bilan taqdirlandi», – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston oltin va bronzani qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek