Isroil Madrimovning dekabr oyidagi jangi bekor qilindi

9-dekabr 2024 15:43 eʼlon qilindi

(9-dekabr 2024 17:18 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Matchroom Boxing / Mark Robinson

Oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning 21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadigan professional boks oqshomidagi jangi bekor qilindi.

Turnirning super yarim oʻrta vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi ringga chiqishi kerak edi. Lekin Madrimov oʻtkir bronxit tufayli jangda qatnasha olmaydigan bo‘ldi.

Uning oʻrnini 21-dekabr kuni angliyalik Ishmael Devis egallaydi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Isroil Madrimov 12 ta jang oʻtkazib, shundan 10 tasida gʻalaba qozongan, 1 tasida magʻlubiyatga uchragan va 1 tasida durang qayd etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Isroil Madrimovning Verjil Ortis bilan jangi rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek