Kia kompaniyasi Tasman pikapining elektr versiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

9-dekabr 2024 18:18 eʼlon qilindi

(9-dekabr 2024 22:14 yangilandi)
Павел Горячкин

Павел Горячкин

Корреспондент
Foto: Kia

Kia kompaniyasining Janubiy Afrikadagi boʻlinmasi marketing boʻlimi boshligʻi Kristo Valentin Tasman pikapining elektr versiyasi ishlab chiqarilishi haqida gapirdi, deb xabar bermoqda CarBuzz.

«Ehtimol, men buni aytmasligim kerakdir, lekin bizni elektr varianti kutmoqda», – dedi kompaniya vakili jurnalistlar bilan davra suhbatida.

Rasmiy ravishda Kia pikapning faqat benzinli va gibrid versiyalari haqida xabar bergan edi. Lekin Tasman modulli tizimda ishlab chiqarilishi bir necha bor ta’kidlandi. Uning elektr versiyasi haqidagi mish-mishlar Tasman prototiplarining fotosuratlarini chiqargan guvohlarning xabarlari bilan kuchaygan.

Hozircha Kia Kristo Valentinning soʻzlariga rasmiy izoh bermagan. Jurnalistlar elektromobil bozorga faqat 2027-yilga kelib chiqishini taxmin qilmoqda. Ular Tasmanning elektr versiyasining paydo boʻlishini kompaniyaning AQShda elektromobillar ishlab chiqarishga sarmoya kiritish rejalari bilan bogʻlashmoqda.

Pikaplar an’anaviy ravishda Amerika bozorida yuqori talabga ega. Qoʻshma Shtatlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompaniyaga toʻsiqli bojlardan qochishga va Ford hamda Toyota bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga yordam beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia Syros qanday boʻlishi haqida yozgan edi.

Shuningdek