
Bahraynda oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan yakunladi.
Musobaqaning eng yorqin yutuqlaridan biri Olimpiya chempioni Ruslan Nurudinovning -109 kg vazn toifasida erishgan gʻalabasi boʻldi. Dast koʻtarishda 182 kg bilan beshinchi oʻrinni egallagan Nurudinov siltab koʻtarish boʻyicha oʻzining 3-yil avvalgi jahon rekordini yangiladi va 242 kg koʻtarib, umumiy hisobda 424 kg natija bilan uchinchi bor ikki kurash boʻyicha jahon chempioni boʻldi.

Yana bir oʻzbekistonlik atlet Sharofiddin Amriddinov esa dast koʻtarishda 184 kg natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. U siltab koʻtarishda 212 kg bilan oltinchi oʻrinni egallagan boʻlsa-da, umumiy hisobda 396 kg natija bilan musobaqani beshinchi oʻrinda yakunladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistn Ruslan Nuridinov ogʻir atletika boʻyicha 5-karra Osiyo chempioni boʻlgani haqida xabar bergan edi.