4-dekabrda Telegram messenjerida hamkorlik platformasi ishga tushirilgach undan 15 mingta hamkorlik dasturi ish boshladi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.
«Hamkorlik platformasi kanallar va mini ilovalarga eng koʻp kerak boʻlgan narsani beradi: kanallar egalari daromad oladi, mini-ilova ishlab chiquvchilar esa yangi foydalanuvchilarga ega boʻladi», – dedi Durov.
Eslatib oʻtamiz, Telegram ilova ishlab chiquvchi hamkorlik dasturi muddatini va kanallarga toʻlashga tayyor boʻlgan komissiya miqdorini oʻzi belgilaydi. Undan soʻng kanal ma’murlari hamkorlik dasturiga ulanadi va moslashtirilgan havola olishadi.
Shuningdek, Pavel Durov platformaning ishonchliligi va undan foydalanish soddaligini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegramda ilova ishlab chiquvchilar uchun qanday yangi funksiyalar mavjudligi haqida xabar bergan edi.