21-dekabr kuni Xitoyda Toyota Camryʻning yangi versiyasi – Brilliant Editionʻning taqdimoti boʻlib oʻtadi. GAC Toyota marketing direktori Chjan Binning aytishicha, avtomobil Dynaudio akustik tizimi, kuzovning kulrang matoviy rangi va qora rangli Toyota logotipchalari bilan jihozlanadi. Bu haqda IThome nashri xabar berdi.
Brilliant Editionʻning boshqa xususiyatlari hozircha oshkor etilmagan. Tafsilotlar va narxlar bugun maʼlum boʻladi.
Xitoyda Camryʻning standart versiyalari $23,5 mingdan $35,6 minggacha boʻlgan narxda sotiladi va u uch xil dvigatel bilan taklif etiladi: 2,0 litrli atmosferli, shuningdek, 2,0 va 2,5 litr hajmli motorlar asosida ishlaydigan ikkita gibrid tizim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia Syros taqdimoti bo‘lgani haqida yozgan edi.