OnePlus Open 2 smartfoni 2025-yilning birinchi choragida chiqarilishi rejalashtirilmoqda

26-dekabr 2024 16:09 eʼlon qilindi

(27-dekabr 2024 00:58 yangilandi)
Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Фото: notebookcheck-ru.com

OnePlus Open 2 bukiladigan smartfonining chiqish vaqti 2025-yilning birinchi choragida kutilmoqda. Bu haqda Rozetked insayder Yogesh Brarga tayanib, xabar bermoqda.

Avvalroq ushbu qurilmaning kelgusi yilning ikkinchi choragida chiqarilishi rejalashtirilgani haqida ma’lumot berilgan edi.

OnePlus Open 2 Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 8 Elite chipsetiga ega boʻlishi kutilmoqda. Bundan tashqari, smartfonning og‘irligi va oʻlchami ham kichraytiriladi.

Smartfonning avvalgi versiyasi 2440×2268 piksel oʻlchamli 7,82 dyuymli AMOLED displey va Snapdragon 8 Gen 2 chipiga ega edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple bukiladigan va yupqa smartfonlarni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek