2024-yilning yanvar – noyabr oylarida O‘zbekistonga umumiy qiymati $346,5 millionlik 3,8 million dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Yetkazib berish hajmi bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 3,1 mln dona smartfon import qilingan. Ikkinchi o‘rinni 535,5 ming dona bilan Vyetnam egallagan bo‘lsa, uchlikni 110,7 ming dona smartfon bilan Hindiston yakunlab berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15 Ultra global bozorga chiqishga tayyor ekanligi haqida xabar bergan edi.