Norvegiya futbol federatsiyasi Isroilga qarshi «JCh – 2026» saralash o‘yinida qatnashishdan bosh tortdi. Ushbu qaror G‘azoda davom etayotgan gumanitar inqirozga nisbatan norozilik sifatida qabul qilindi.
Federatsiya prezidenti Lise Klaveness Isroilning tinch aholiga qilgan hujumlarini qoralab, bu harakatni inson huquqlari himoyasining zaruriy chorasi sifatida baholadi. «G‘azodagi insonparvarlik inqirozi barchamiz uchun fojia», – dedi u.
Norvegiya FIFA va UEFAni Isroilga qarshi qat’iy chora ko‘rishga chaqirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan rasman Oʻzbekiston futzal federatsiyasi tashkil etilgani haqida xabar bergan edi.