Shaxmatchi Magnus Karlsen mojaroli tarzda jahon chempionatidan chiqib ketdi

29-dekabr 2024 11:49 eʼlon qilindi

(29-dekabr 2024 23:10 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: FIDE / Lennart Ootes

Nyu-Yorkda oʻtkazilayotgan Jahon chempionatida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen kiyinish qoidalariga rioya qilmagani uchun turnirdan chetlatildi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) oʻz rasmiy bayonotida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Karlsen musobaqaga dress-kod talablarini buzgan holda jinsi shimda kelgan. Norvegiyalik shaxmatchiga $200 miqdorida jarima solindi va kiyimini almashtirish taklif qilindi. Biroq Karlsen bu talabni qabul qilmadi va kiyimini almashtirishdan bosh tortdi. Shu sababli u turnirda ishtirok etish huquqidan mahrum qilindi.

«FIDE tezkor shaxmat va blis boʻyicha jahon chempionati qoidalari barcha ishtirokchilar uchun professionallik va adolatni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Magnus Karlsen tadbir qoidalariga rioya qilmay, musobaqaga jinsi kiyib keldi. Unga bu qoidabuzarlik haqida ogohlantiruv berildi va kiyimini almashtirish soʻraldi. Biroq u bu talabga amal qilmagani sababli musobaqadan chetlatildi», – deyiladi xabarda.

Diskvalifikatsiyadan keyin Karlsen rapid turnirdan keyin boshlanadigan blis boʻyicha chempionatda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

«Barchasi joyida FIDE oʻz talablarini ilgari surishi mumkin, men qarshi emasman. Javobim ajoyib, unda men ketaman», – deydi norvegiyalik shaxmatchi.

Avvlroq Kursiv Uzbekistan besh nafar oʻzbekistonlik shaxmatchi yangilangan FIDE «TOP-100» reytingidan oʻrin olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek