Kia America 2024-yilda rekord 796,4 mingta avtomobil sotdi, bu kompaniyaning eng yuqori ko‘rsatkichi. Bu haqida 32cars nashri xabar berdi.
Kia Sportage modeli 161,9 ming dona sotuv bilan yetakchi bo‘ldi va bestsellerga aylandi. To‘liq elektr EV9 modeli savdosi 1 869 foizga oshib, muvaffaqiyatli natija ko‘rsatdi.
Elektromobillar sotuvi o‘tgan yilga nisbatan 74 foizga o‘sdi va talab oshmoqda. Boshqa modellardan Kia Forte sotuvi 13 foizga, Telluride esa 4 foizga ko‘paydi.
KIA O’zbekistonda ham o‘z sotuvlarini oshirib bormoqda. O’tgan yili 11 oyda 19,3 ming dona KIA avtomobillari ishlab chiqarildi. 2023-yilda esa bu ko’rsatkich 14,3 mingtani tashkil etgan. Bu qariyb 36 foizga ko’proq demakdir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia India O‘zbekistonga eksportni oshirishi haqida xabar bergan edi.