Uzbekistan Fashion Week moda haftaligining mukofot jamgʻarmasi ikki barobarga qisqartirildi

4-yanvar 2025 14:41 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Kursiv Uzbekistan

Silk Uzbekistan fashion week moda haftaligining mukofot jamgʻarmasi qisqartirildi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni imzolandi.

Farmonga koʻra, Oʻzbekistonda har ikki yilda may oyining uchinchi haftasida oʻtkaziladigan xalqaro moda haftaligi «Oʻzbekiston ipak matolari»ning (Silk Uzbekistan Fashion Week) mukofot jamgʻarmasi $2 milliondan $1 millionga qisqartirildi.

Moda haftaligi davomida jahonning yetakchi moda uylari jalb qilinadi va ular oʻrtasida Oʻzbekistonning ipak matolaridan zamonaviy kiyimlarni tayyorlash boʻyicha tanlov oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 12-yanvar kuni imzolangan «Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi prezident farmonida mazkur moda haftaligi uchun $2 million ajratish nazarda tutilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Uzbekistan Fashion Week moda haftaligi boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek