Xitoy elektromobillari Norvegiya bozorida tobora mustahkam o‘rnashmoqda

4-yanvar 2025 10:34 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Фото: BYD

Norvegiyada Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillarning ulushi 8,8 foizga yetdi. Bu haqda Norvegiya yo‘l federatsiyasi xabar bermoqda.

Norvegiya elektr transport vositalariga o‘tish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Xitoy elektromobillari bu mamlakatda mashhur bo‘lib bormoqda. Xitoy brendlari MG, BYD va XPeng Norvegiya bozorida faol ishtirok etmoqda.

Xitoyning birinchi elektromobili MG Norvegiyaga besh yil avval olib kelingan. Endilikda bozorda jiddiy raqobat mavjud. Norvegiya Xitoy elektromobillarini import qilish uchun ochiq bozorni saqlab qolgan. Ittifoqdan tashqarida bo‘lgani sababli bojlar joriy etilmagan.

Yevropa Ittifoqi esa Xitoy elektromobillariga 45,3 foizgacha bojlar belgilagan. AQSh bu tariflarni 100 foizgacha oshirgan edi.

2023-yilda Xitoy dunyo bo‘ylab 1,2 million elektromobil eksport qilib, yetakchiga aylandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tank 500 Hi4-Z: Land Cruiser 300 raqobatchisi taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek