Toyota 2026-yilda yangi avlod Corolla sedanini taqdim etadi. Bu haqda Carscoops xabar bermoqda.
Ushbu model o‘z tarixida birinchi marta plaginli gibrid tizimni qabul qiladi. Yangi avlod Corolla TNGA-C platformasida ishlab chiqiladi va dizaynida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi.
Yangi Corolla modelida 1,5 litr hajmdagi butunlay yangi dvigatel ishlatilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu dvigatel aspiratsiyalangan versiyada 130 ot kuchi, turbo quvvatli versiyada esa 180 ot kuchiga ega bo‘ladi. Plaginli gibrid versiyasi ikkita elektr motor bilan jihozlanishi mumkin.
Toyota yangi avlod Corolla uchun gibrid tizimning samaradorligini yanada oshirishga intilmoqda. Yangi modelning plaginli tizimi haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmagan, biroq u ehtimol Prius texnologiyalariga asoslanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota ikkita yangi RAV4 modelini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.